Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi oliy ta’lim muassasalarining umumiy reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, ilmiy tadqiqotlar orqali eng ko‘p mablag‘ ishlab topgan OTMlar, OTMlarning ilmiy salohiyati, filiallar reytinglari ham e’lon qilindi.
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari akademik erkinlikka erishdimi, ular xalqaro agentliklarning reytingiga kira oldimi, O‘zbekistonning Bolonya jarayoniga qo‘shilish rejalari haqida nimalar ma’lum? Kolumnistimiz Komil Jalilov oliy ta’lim boshqaruvi sohasidagi islohotlarning ba’zi natijalarini tahlil qiladi.
O‘zbekiston milliy universiteti OTMlar reytingida ketma-ket uchinchi yil o‘z yetakchiligini saqlab qoldi. Reytingda talabalarning mutaxassislik fanlaridagi bilim darajasi, professor-o‘qituvchilar tarkibining ilmiy maqolalari soni va ish beruvchilarning bitiruvchilar haqidagi fikrlari hisobga olingan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting